Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Xonsyu orolidagi Mie prefekturasida, Ise ibodatxonasi yonida G7 sammiti mehmonlarini kutib oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bu 2008-yilda Xokkaydodagi uchrashuvdan so‘ng, Yaponiyadagi birinchi sammitdir. Ibodatxonadagi marosimdan so‘ng rahbarlar sammit maydonchasi, Kashikojima orolidagi mehmonxonaga yo‘l oladi.
Tushlik davomida rahbarlar G7 qadriyatlari, birdamlik va global iqtisodiyot haqida suhbatlashishi ma’lum qilinmoqda.
Global iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash, terrorizmga qarshi kurashish, qochoqlar va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar keyingi beshta sessiyada muhokama etiluvchi mavzular qatoridan joy olgan.
Sammit yakuni bo‘yicha deklaratsiya 27-may, juma kuni chop etiladi.
Izoh (0)