O‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilov Andijon shahrida davom etayotgan, mukofot jamg‘armasi 25 ming dollarga teng ITF turkumidagi tennis turnirining yarim finalchisiga aylandi.
Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, mazkur turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan 21 yoshli O‘zbekiston vakili chorak finalda indoneziyalik Kristofer Rungkatga qarshi bahs olib bordi va 6:3, 6:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Bunga qadar Ismoilov hamyurti Abror Isoqovni 6:2, 6:3 hamda rossiyalik Denis Matsukevichni 6:4, 2:6, 6:4 hisobida taslim qilgandi. Yarim finalda o‘zbekistonlik tennischi hindistonlik Sriram Balaji bilan kuch sinashadi.
Chorak finalda ishtirok etgan boshqa bir o‘zbekistonlik tennischi – Sanjar Fayziyev Xitoy Taypeyi vakili Ti Chenga qarshi kortga chiqib, 3:6, 6:3, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Izoh (0)