Pokiston bosh vazirining tashqi ishlar bo‘yicha maslahatchisi Sartoj Aziz “Tolibon” radikal harakatining sobiq yetakchisi Axtar Mansurning o‘ldirilganini tasdiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mansur 21-may, shanba kuni AQSh dronining aviazarbasi natijasida yo‘q qilingani aytilgan edi. Pokiston tashqi ishlar vazirligi aviazarba hududida Vali Muhammad nomidagi pasport topilganini, undagi vizaga ko‘ra, hujjat egasi Erondan aviazarba kuni qaytganini tasdiqladi. Ammo jangarining yo‘q qilingani shu paytgacha rasman tasdiqlanmagan edi.
“Barcha belgilar dron zarbasi bilan yo‘q qilingan kishi mulla Mansur ekanligini ko‘rsatmoqda”, — dedi Sartoj Aziz Dawn nashriga bergan intervyusida.
U DNK tahlili natijalaridan so‘ng masala butunlay oydinlashishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Izoh (0)