Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

BMT bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) Respublika ta’lim markaziga ta’lim sohasi mutaxassislari bilan onlayn-seminarlar o‘tkazish uchun multimedia qurilmasini taqdim etdi, deb yozadi “Gazeta.uz” YuNISEFning Toshkentdagi vakolatxonasiga tayanib.

Foto: YuNISEF

Foto: YuNISEF

Ushbu tashabbus YuNISEF va O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi qo‘shma dasturining bir qismidir.

“Multimedia uskunasi ko‘p sonli o‘qituvchi va metodistlarga zarur ko‘mak va axborotni tezkorlik bilan qo‘lga kiritish imkoniyatini berishiga umid qilamiz”, — dedi YuNISEFning O‘zbekistondagi ta’lim bo‘limi rahbari Afshin Parsi.

Respublika ta’lim markazi metodistlari yangi uskunani respublika hududlaridagi o‘qituvchilarga o‘z vaqtida ko‘mak va ko‘rsatmalar berish uchun ishlatadi. Multimedia texnologiyalari, shuningdek, xalqaro institutlar bilan bilim va tajriba ayirboshlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hududgazta’minot” aholini gazdan oqilona foydalanishga chaqirdi
Mahalliy
“Kimdir javob berishi, kimdir qusishi kerak” — faollar gaz va elektr muammosi sababchilariga jazo so‘ramoqda
Mahalliy
Toshkent viloyatida er-xotin va ularning uch oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi