Quyosh batareyalarida ishlovchi Solar Impulse 2 samolyoti AQSh uzra parvozini davom ettirmoqda. “TASS”ning loyiha tashkilotchilariga tayanib ma’lum qilishicha, Andre Borshber va Bertran Pikar boshqaruvidagi samolyot Ogayo shtatidagi Deyton shahri aeroportidan uchib chiqib, Pensilvaniya shtatidagi Lixay-Velli aerodromiga yo‘l oldi.
24-may kuni loyiha mualliflari tizimdagi nuqson tufayli Deytondan uchib chiqish bir sutkaga kechiktirilganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)