Startup Fest konferensiyasida jurnalistlar Alphabet (Google tegishli bo‘lgan tuzilma) direktorlar kengashi raisi Erik Shmidtni suratga tushirdi va uning qanday smartfondan foydalanishidan xabar topdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Shmidt, kutilganidek, Nexus emas, umuman boshqa ikkita smartfon tutishi ma’lum bo‘ldi.
Direktorlar kengashi rahbari Google’ning asosiy raqobatchisiga tegishli iPhone 6s’dan foydalanishini tan oldi. Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida ham uni shu smartfon bilan ko‘rishgan.
Shmidt, shuningdek, ikkinchi smartfoni Samsung Galaxy S7 ekanligini va aynan uni afzal ko‘rishini aytdi. U jurnalistlar e’tiborini S7’ning batareyasi yaxshiroq ekanligiga qaratdi. “iPhone’dan foydalanadiganlar mening haqligimni biladi”, — dedi u.
Izoh (0)