Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sberbank 2016-yil kuzida Tataristonda islom bankingi qoidalari asosida sinov tariqasidagi bitimlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Maksim Poletayev “Rossiya — Islom dunyosi” forumidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza. 

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Poletayevning bildirishicha, Rossiya Markaziy banki ishchi guruhi islom bankingi qoidalari asosida bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish masalalarini ko‘rib chiqmoqda. Sberbank ham bu borada ekspert guruhini shakllantirmoqda.

Ma’lumot uchun, islom dini musulmonlarga sudxo‘rlik bilan shug‘ullanishni man etadi, shu bois islom banklari foiz evaziga mablag‘ bermaydi, jismoniy shaxslarning mablag‘larini jalb etganda, ularga jamg‘armalardan daromad to‘lamaydi (davlat o‘rnatgan inflyatsiya uchun foizlar bundan mustasno). Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi esa bunday moliyaviy muassasalar faoliyat ko‘rsatishini taqiqlaydi. 

O‘tgan yil oxirida Rossiya moliya vazirligi mamlakatda islom bankingi paydo bo‘lishi “muhokama jarayonida” ekanligi, biroq qonunlarga o‘zgartirish kiritilishi haqida gapirishning mavridi kelmaganini ma’lum qilgandi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada turar joy binosidagi portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi
Mahalliy
Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi
Madaniyat
“Ummon” guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)