Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidentligiga da’vogar Hillari Klinton Demokratik partiyadan nomzodlikka ega bo‘lishini aytdi, deb yozadi Meduza.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uning so‘zlariga ko‘ra, nomzodlikni uning raqibi Berni Sanders qo‘lga kiritishidan iborat variant mavjud emas. Klinton ketma-ket to‘qqizta shtatdagi dastlabki ovoz berishlarda Sandersni ortda qoldirganini, shuningdek, praymerizda delegatlar ovozlarining katta qismini to‘plaganini eslatdi.

Endi, uning fikricha, Sanders nomzodlik uchun kurashdan voz kechishi va o‘z tarafdorlaridan Klintonni qo‘llab-quvvatlashni so‘rashi kerak — 2012-yilda nomzodlik uchun prezident Barak Obama bilan musobaqalashayotgan vaqtda uning o‘zi shunday yo‘l tutgan edi.

“Men o‘z partiyam uchun nomzod bo‘laman. Bu aslida allaqachon hal bo‘lgan masala. Boshqacha variant bo‘lishi mumkin emas”, — dedi Hillari CNN’ga bergan intervyusida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi (foto)
Dunyo
Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat