Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibida qolgani ma’qul ekanligini bildirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“Buyuk Britaniyada doim ta’sir kuchi bo‘lgan va u YeIda a’zolik bilan faqat mustahkamlanadi”, — deya ta’kidlagan Tryudo.
Bosh vazir, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo kelishuvi bo‘yicha muzokaralar “odatiy yoki avtomatik” tarzda bo‘lmasligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, YeI bilan shunday kelishuvga erishish salkam o‘n yil vaqt olgan, biroq hozirgacha imzolanmagan.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi yoki uning tarkibida qolishini aniqlab beradigan referendum shu yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)