Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikalik paleontologlar Yuta shtatida dinozavrlarning yangi turi— Machairoceratops cronusi (sentrozavrinlar turkumi, seratopsidlar oilasi) toshqoldiqlarini topdi va ularga tavsif berdi. Olimlar qoldiqlarning yoshini 80—77 million yil deb baholamoqda, deya xabar beradi “Interfaks”.

Foto: Ohio University

Foto: Ohio University
Machairoceratops cronusi ilk bor 2006-yili Yuta janubidagi Grand-Sterkeys Eskalante qo‘riqxonasida aniqlangandi. Bu yerda bo‘r davriga oid ko‘plab jonivorlar — akula, skat, timsoh, toshbaqa, dinozavrlar, jumladan, seratopsidlarning yana bir turi toshqoldiqlari saqlanib qolgan.

Olimlar dinozavr bosh suyagi qopqog‘i, yon va orqa qismlari, bo‘yin kosalari, shoxlarining bir qismini topgan. Ularning taxminicha, Machairoceratops cronusi uzunligi 6—8 metr, vazni esa 1—2 tonna bo‘lgan. Ular 80—77 million yil avval, bo‘r davri oxirida yashagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi