AQSh Kongressi senati Zika virusining tarqalishiga qarshi kurashish uchun 1,1 milliard dollar ajratishni ma’qulladi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Tegishli qaror uchun palata a’zolaridan 68 nafari ovoz bergan bo‘lsa, 30 nafar a’zosi qarshi ovoz bergan. Ma’qullangan summa Oq uy mazkur ehtiyojlar uchun dastlab so‘ragan mablag‘dan 800 millionga kamdir.
Avvalroq Kongress quyi palatasi yuqoridagiga o‘xshash qonun loyihasini qabul qilgan edi, biroq unda 622 million dollar ajratish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan senator va kongressmenlar ikkita hujjatni ma’qullashi lozim, shundan keyin yagona matn imzo uchun AQSh prezidenti Barak Obamaga yuboriladi.
Izoh (0)