Serbiya futbol ittifoqi 18-may, chorshanba kuni Lozannadagi (Shveysariya) Sport arbitraj sudi (CAS)ga Kosovo futbol federatsiyasining UEFA a’zoligiga kiritilgani uchun apellyatsiya berdi. Bu haqda Politica nashriga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
Serbiya futbol ittifoqi vakillari Sport arbitraj sudiga barcha kerakli hujjatlarni yubordi. Apellyatsiya yaqin kunlarda ko‘rib chiqiladi.
Meksikada 12—13-may kunlari bo‘lib o‘tgan Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning kongressida Kosovo va Gibraltar tashkilotning 210 va 211-a’zolariga aylandi. Shu tariqa, ushbu mamlakat terma jamoalari JCh–2018 turnirining saralash bahslarida ishtirok etishi mumkin, ammo bu borada qaror hozircha qabul qilinmadi.
Izoh (0)