“Barselona” hujumchisi Neymar kataloniyaliklar rahbariyati bilan shartnomasini uzaytirish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashriga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
Manbaning xabar berishicha, braziliyalik futbolchining yangi kelishuvi 2022-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘ladi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar jarayonining so‘nggi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. “Barselona” rahbariyati Neymar bilan shartnomani 22-may kuni “Sevilya”ga qarshi kechadigan Ispaniya Kubogi finalidan so‘ng imzolashga umid qilmoqda.
Avvalroq Neymarning shartnomasi uzaytirilgach, uning transfer tovoni qiymati 220 million yevro qilib belgilanishi ma’lum qilingandi. Shuningdek, uning maoshi ham oshadi, biroq jamoadoshi Lionel Messinikidan ko‘proq bo‘ladi.
Qayd etish joiz, Neymarning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2018-yilgacha mo‘ljallangan.
Izoh (0)