Mali shimolidagi Kidal shahri hududida jangarilarning hujumi oqibatida besh nafar BMT tinchlikparvari halok bo‘ldi, yana uch nafari yaralandi. Bu haqda 18-may, chorshanba kuni Butunjahon tashkiloti bosh kotibi Pan Gi Munning devonxonasi ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, BMTning Malidagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘p tarmoqli kompleks missiyasi konvoyi yasama portlovchi qurilmaning ustidan o‘tgan. Shundan keyin unga qarata qurollangan noma’lum kishilar o‘t ochgan.
Hujum davomida chadlik besh nafar tinchlikparvar halok bo‘lgan, yana uch nafari jarohat olgan.
BMT bosh kotibi jangarilar hujumini qoralab, qurbon bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. U tinchlikparvarlarga hujum qilish harbiy jinoyat hisoblanishini eslatib o‘tdi.
Izoh (0)