O‘zbekistonlik Oqgul Omonmurodova Xitoyning Chjenchjou shahrida start olgan, mukofot jamg‘armasi 50 ming dollarni tashkil qiluvchi ITF turkumidagi tennis turniridagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
31 yoshli o‘zbekistonlik tennischi yakkalik bahslarining ilk davrasida musobaqa mezboni, turnirning ikkinchi raketkasi Fangjou Liuga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 8 daqiqa davom etgan bahsda Omonmurodova raqibasini 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
Ikkinchi davrada o‘zbekistonlik tennischi tailandlik Nicha Lertpitaksinchayga qarshi bahs olib boradi.
Shuningdek, slovakiyalik Mikaela Honkova bilan tandem hosil qilgan Omonmurodova juftliklar bahsi birinchi davrasida xitoylik Yugi Sheng hamda Gonkong vakilasi Ling Chjan duetini 6:4, 6:7, 10:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Izoh (0)