Peruda 16-may, dushanba kuni yuz bergan ikki yo‘l-transport hodisasi 27 kishini hayotdan olib ketdi, 40 ga yaqin odam yaralandi. Bu haqda, mahalliy hukumat ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Birinchi yo‘l-transport hodisasi poytaxt Lima yaqinida yuz berdi. Ikki yo‘lovchi avtobusi yo‘lda poyga uyushtirishi oqibatida ulardan biri boshqa avtomobilga urilib, shossedan chiqib ketdi va yo‘l chetidagi binoga urildi. Avtobusning o‘ng tomoni deyarli to‘liq vayron bo‘ldi. O‘n kishi voqea joyida, yana bir kishi keyinroq shifoxonada halok bo‘ldi, 30 kishi yaralandi.
Ikkinchi YTH mamlakat shimolidagi Kaxamarka shahri hududida yuz berdi. Yuk mashinasi undagi odamlar bilan jarga qulab ketishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi jarohat oldi.
Izoh (0)