O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari Orol dengizi hududiga xitoylik ekspertlar kompleks ekspeditsiyasini yuborish haqidagi almashuv notasini imzoladi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar beradi.
Ekspertlar texnik-iqtisodiy tadqiqotlarni tayyorlash va ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun hududda ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik vaziyatni yaxshilashga yo‘naltirilgan ustuvor loyihalarni tanlab olishni rejalashtirmoqda.
Loyiha maqsadi katta butalardan daraxtzorlarni yaratish orqali Orol dengizi mintaqasidagi ekologik keskinlikni yumshatish hisoblanadi. Bu esa tuz va chang chiqitlarini kamaytirish, biologik xilma-xillikni qayta tiklash va baliqchilik sohasini rivojlantirishga imkon beradi.
Izoh (0)