Bishkek sudi mart oyining oxirida respublikaning Chuy viloyatida uch nafar rus ayolini o‘ldirishda gumonlanayotgan olti kishini ikki oylik muddatga hibsga oldi. Bu haqda 16-may, dushanba kuni Qirg‘iziston IIV matbuot kotibi Ernis Osmonboyev ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Respublika IIV xodimlari o‘tgan payshanba, 12-may kuni 17—21 yoshlar oralig‘idagi olti nafar yigitni qo‘lga olgan edi. Ularning barchasi qurbonlar bilan bir tumanda yashagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan ikki nafari o‘ldirilgan ayollarga qo‘shni ko‘chada istiqomat qilgan. IIV qotillik sabablaridan birini o‘g‘rilik deb hisoblamoqda.
“Ushbu qotillik yuzasidan surishtiruv davomida tergov guruhi yana 30 ga yaqin boshqa jinoyat, jumladan, og‘ir jinoyatlarni ham fosh etdi”, — deydi matbuot kotibi.
Kirgshelk qishlog‘ida yashagan uch nafar rus ayoliga nisbatan shafqatsiz qotillik 24-mart kuni sodir etilgan edi. Noma’lum jinoyatchilar 59 yoshli tarix o‘qituvchisi, uning kichik singlisi va 24 yoshli jiyanini o‘ldirib ketgan edi.
Izoh (0)