Qirg‘iziston poytaxti Bishkekning Pervomayskiy tumani sudi respublika prezidentligiga sobiq nomzod Nurlan Motuyevni hibsga olish haqida sanksiya berdi. Bu haqda, Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Qo‘mita xabarida aytilishicha, Motuyev ikki oyga hibsga olindi.
Muxolifatchi Nurlan Motuyev “Xalq parlamenti” muxolifat harakati forumida IShIDni qo‘llab-quvvatlashga da’vat etgani uchun Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan hibsga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Motuyev 2011-yilda prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ygan, biroq saylovlardan ancha oldin nomzodini qaytarib olgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)