2016-yilning 13—14-may kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Mening Toshkentim” myuziklining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda loyiha tashkilotchisi Art Uz Promotion Agency MChJ “Daryo”ga xabar berdi.
Unda aka-uka Hasan va Husan Solihovlar rejissor-postanovkachi vazifasida, bundan tashqari, Hasan Solihov boshlovchi va mahalliy aholi roli bilan qatnashdi.
Namoyish bir vaqtning o‘zida rus va o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tdi.
Myuziklda aktyorlar Adiz Rajabov (bank xodimi rolida), Hasan Solihov (boshlovchi va mahalliy aholi), Muhammadiso Abdulxairov (Botir aka — fuqarolar yig‘ini raisi), aktrisa Asal Shodiyeva (dizayner, xususiy tadbirkor), qo‘shiqchi Jasur Mirsoatov (Davlat san’at va madaniyat instituti talabasi), musiqachi Xurshid Inog‘omov (chet elga ketayotgan talaba), qo‘shiqchi Shadisha (Ismigul, Xurshidning sevgan qizi) va Kamila Zokirova (Madaniyat instituti talabasi) ishtirok etdi.
Hozirgi paytda myuzikl tashkilotchilari har bir kishi iste’dodli san’atkorlar ijrosidan bahramand bo‘lishi uchun “Mening Toshkentim” myuziklini yil davomida takroran qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Izoh (0)