23 yoshli kanadalik qiz mashinasidagi GPS-navigatorning ko‘rsatmalari asosida yo‘l bosib, Guron ko‘lining Jorjian-Bey bo‘g‘oziga tushib ketdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Qiz mashina ko‘lga qulaganidan so‘ng derazadan chiqib olishga muvaffaq bo‘ldi. Uning Toyota rusumli mashinasini esa g‘avvoslar suv ostidan chiqarib oldi.
Nomi keltirilmagan qiz suv ichidan 30 metr suzib o‘tib, mahalliy mehmonxonaga yetib oldi va tegishli idoralarga qo‘ng‘iroq qildi. Avtomobil qayta tiklanmaydigan bo‘lib zararlangani aytilmoqda, lekin mashina egasining sog‘lig‘iga hech narsa xavf solmayapti.
Izoh (0)