Illyustrator va grafikachi rassom, Betmen, Mushuk ayol va Yashil chiroq haqidagi komikslar uchun chizgan suratlari bilan mashhurlikka erishgan Darvin Kuk Florida shtatida vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
U 53 yoshda edi. Bevasi Marsha Kukning ma’lum qilishicha, u o‘limidan avval o‘pka saratoniga qarshi uzoq kurashgan. “Biz sizlarning hamdardlik va qo‘llab-quvvatlashingiz izhor qilingan barcha maktublaringizni o‘qib chiqdik”, — deb qo‘shimcha qildi u.
Kanadada dunyoga kelgan grafikachi rassom mohirligi va tinmay mukammalikka intilishi tufayli tirikligidayoq shuhrat qozongan edi.
Rassomning ishlari unga AQShda grafika va animatsiya sohasida eng obro‘li mukofot hisoblangan oltita Eyzner mukofotini keltirgan.
Izoh (0)