Rejissor Yolqin To‘ychiyevning “Suv parilari uyi” filmi Qirg‘izistonning “Ak Ilbirs” mukofotiga loyiq ko‘rildi. Bu haqda My Day xabar bermoqda.
13-may, juma kuni bo‘lib o‘tgan “Ak Ilbirs” milliy kino mukofotini topshirish marosimida O‘zbekiston, Rossiya va Estoniya hamkorligida ishlangan kartina “Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Filmda bosh rollardan birini ijro etgan Shahzoda Matchonova Facebook’dagi sahifasida “‘Suv parilari uyi’ Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi deb topildi. Biz ‘Ak Ilbirs’ mukofotini oldik! Omad tilagan barchaga rahmat. Bu bizning suratga olish guruhimiz g‘alabasi!” deya izoh qoldirgan.
Mazkur film avval Viborgdagi “Okno v Yevropu” kinofestivalida “Hamkorlikda yaratilgan filmlar” tanlovi nominatsiyasiga qo‘yilgan, shuningdek, Moskva Xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilgan “Rossiya kinematografiyasi panoramasi” dasturiga ham kiritilgandi.
https://youtu.be/n0ZsTJv8VvU
Izoh (0)