IShID terrorchilik tashkiloti Rakka qurshab olinishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda va shaharda favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda, AQShning IShIDga qarshi koalitsiyasi rasmiy vakili polkovnik Stiven Uorrenning bayonotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Uning so‘zlariga qaraganda, ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlar va yangiliklar hisobotidan olingan. “Biz Rakkada favqulodda holat joriy etilganligini ko‘rdik, dushman xavfni sezmoqda. Shunday bo‘lishi ham kerak”, — deydi polkovnik.
Uning ma’lum qilishicha, IShID shahar atrofi va uning ichkarisidagi kuchlarini qaytadan guruhlarga ajratmoqda hamda marralarni aviazarbalar va yerdagi hujumdan himoya qilish maqsadida aniq bir hududlarni mustahkamlashga urinmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)