Venesuela prezidenti Nikolas Maduro, aftidan, hokimiyatdan chetlashtiriladi, bunda eng haqiqatga yaqin ssenariy sifatida “saroy to‘ntarishi” ko‘rilmoqda. Bu haqda, AQSh razvedkasi tahlilchilariga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Shu bilan birga, ekspertlar hokimiyat o‘zgarishining biror aniq belgilari hozircha namoyon bo‘lmayotganini tan oldi. Ammo ular keyingi yili Maduroni chetlashtirish bo‘yicha ovoz berish uyushtirilishiga ishora qilmoqda. Faqatgina Ugo Chaves boshlagan qashshoqlikka qarshi kampaniyaning yo‘q bo‘lishidan tahlikaga tushgan sotsialistlar uni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
So‘rovdan o‘tkazilgan amaldorlarning bildirishicha, Venesuela hukumati Maduroni iste’foga chiqarish bo‘yicha referendumni ortga surishga intilmoqda. Ammo referendumni butunlay to‘xtatib bo‘lmaydi.
Izoh (0)