Xalqaro olimlar guruhi Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining biologiya fakulteti umurtqalilar zoologiyasi kafedrasi xodimlari ishtirokida Arktikadagi iqlim o‘zgarishlarining oqibatlari bir necha ming kilometr masofada aks etishi mumkinligini aniqladi. Bu haqda, Science jurnali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Olimlar baliqchi qushlar kenja otryadiga mansub qushlar haqida 30 yildan ortiq yil davomida to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilgandan so‘ng, yuqoridagi xulosaga keldi.
Ushbu tur global isish jarayonida ularning o‘lchami va shunga mos ravishda oziqlanish qobiliyatining o‘zgarishi tufayli qirilib ketish xavfi ostida qolganligi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur 30 yil davomida Taymir yarim orolida bahorning boshlanishi, shu bilan birga hasharotlar sonining ko‘payishi deyarli ikki haftaga oldinga surilgan. Agar avval yarim orolda qor iyul oyi o‘rtasiga kelib yo‘qolsa, endi bu hodisa iyun oxirida yuz bermoqda.
Izoh (0)