Ispaniya poytaxti Madriddan bir necha o‘n kilometr uzoqlikda yirik yong‘in kelib chiqdi — 13-mayga o‘tar tunda Sesenya munitsipalitetidagi avtomobil g‘ildiraklari rezinalari uyumiga o‘t ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
11,4 gektar hududni egallaydigan bu uyum Yevropada bu turdagi eng yirik chiqindixona hisoblanadi. U yerda jami 70 ming tonna rezina g‘ildiraklar saqlanadi. Bu hajmning 40 foizi o‘t ichida qolgani bildirilmoqda.
Ayni paytda yong‘inni o‘chirishga gidrosamolyotlar jalb qilindi. Voqea joyida o‘nlab o‘t o‘chirish guruhlari ishlamoqda. Tahlikaning ikkinchi darajasi e’lon qilindi, lekin hozircha ishlarga harbiylar jalb qilinmadi.
Izoh (0)