Ahmadjon Musayev boshchiligidagi futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ayni paytda Xitoydagi Jiangyin Zhouzhuang Cup CFA International Youth Football Tournament 2016 nomli xalqaro musobaqada qatnashmoqda, deb xabar beradi “Championat.asia”.
Mazkur musobaqada Xitoy, Eron, Yaponiya va O‘zbekiston jamoalari ishtirok etyapti. Birinchi turda O‘zbekiston U-17 termasi Jiangyin Sports Centre stadionida yaponiyalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushib, 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Xitoy esa Eron ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi.
Ikkinchi turda O‘zbekiston Eron bilan to‘qnash keladi. So‘nggi turni Ahmadjon Musayev shogirdlari Xitoyga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)