AQSh va Bolgariya o‘rtasida mudofaa sohasidagi hamkorlik haqidagi kelishuv avtomatik tarzda o‘n yilga uzaytirildi. Unga muvofiq, Amerika bo‘linmalari Bolgariya harbiy bazalaridan foydalanishi mumkin. Bu haqda, Bolgariya mudofaa vaziri o‘rinbosari Dimitr Kyumyurjiyevning bayonotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
“Kelishuvning muddati 2016-yilning mayida tugaydi. Bu sanadan bir yil oldin tomonlar bitimni o‘zgartirish haqidagi rejalarini ma’lum qilish huquqiga ega edi. Menga bu kabi rejalarning bildirilganligi ma’lum emas. Shunga muvofiq, kelishuv yangi o‘n yilga amal qila boshladi”, — dedi Kyumyurjiyev.
Mudofaa sohasidagi hamkorlik haqidagi kelishuvni 2006-yilning aprelida Sofiyada AQSh davlat kotibi Kondoliza Rays va Bolgariya bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Ivaylo Kalfin imzolagan edi.
Izoh (0)