Samarqand shahar madaniyat va sport ishlari bo‘limi tasarrufidagi Amir Temur madaniyat va aholi dam olish markazi hamkorligida 55-umumta’lim maktabi bilan g‘alabaning 71 yilligi oldidan 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab “Otalar jasorati yoshlarga ibrat!” deb nomlangan teatrlashtirilgan adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi. Bu haqda Samarqand shahar Amir Temur madaniyat va aholi dam olish markazi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Yig‘ilganlar e’tiboriga Amir Temur madaniyat markazi qoshidagi bolalar folklor jamoasi, raqs-xoreografiya ijodiy guruhi, xonandalar Salohiddin Oripov va Sherzod Tursunovlar bayramga bag‘ishlangan ijodiy dasturlarini namoyish qildi.
Tadbirga tashrif buyurgan barcha tomoshabinlarga esdalik uchun butun dunyoda tinchlik ramzi bo‘lgan qog‘ozdan yasalgan turnachalar sovg‘a qilindi.
Izoh (0)