Janubiy Koreyada Zika virusiga chalinish bilan bog‘liq navbatdagi holat o‘z tasdig‘ini topdi. Bu haqda, Koreya xastaliklarni nazorat qilish va oldini olish markaziga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 4-may kuni 39 yoshli erkak Janubiy Koreyaga Filippindan qaytib kelgan. U o‘sha davlatda iskabtopar tomonidan chaqilib, xastalikka yo‘liqqani aytilmoqda. O‘zini yomon his eta boshlagan bemor shifokorlarga murojaat etgan, tekshiruv uning Zika yuqtirib olganini tasdiqlagan.
Shu tariqa, Janubiy Koreyada Zikaga chalinish holatlari soni beshtani tashkil etdi.
Izoh (0)