Indoneziya hukumati mamlakat terma jamoasi va klublari Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) hamda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) bayrog‘i ostidagi musobaqalarda ishtirok etishi uchun mahalliy futbol ligasiga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Indoneziya muqobil chempionatini tashkil qilgan mahalliy futbol ligasi va mamlakat Sport vazirligi o‘rtasidagi mojaro tufayli FIFA Ijroiya qo‘mitasi Indoneziya futbol federatsiyasining tashkilotga a’zoligini 2015-yilning 30-may kuni to‘xtatib qo‘ygandi. FIFA qaroriga ko‘ra, Indoneziya terma jamoasi JCh–2018 va OK–2019 saralash bahslaridan chetlatilgan edi.
“10-may, seshanba kuni Indoneziya futbol ligasiga qo‘yilgan sanksiyalar bekor qilish haqidagi xatga imzo qo‘yilgach, FIFA bundan xabar topishi uchun xatni darhol ularga jo‘natdik”, – dedi mamlakat Sport vaziri Imam Naxravi.
Izoh (0)