Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstraliyaning Pert shahrida yashovchi besh farzandning onasi birinchi marta kichkintoylar bilan fotosessiyada qatnashdi. Facebook’da chop etilgan suratlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiborini qozondi, deb yozadi Daily Mail.

Foto: Facebook / Surprised by Five

Foto: Facebook / Surprised by Five

26 yoshli Kim Tuchchi och rangdagi yo‘rgaklarga o‘ralgan chaqaloqlari bilan birga suratga tushdi. Tuchchi bungacha ham bolalarning rasmlarini ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan bo‘lsa-da, bu ularning besh farzandi uchun ilk professional fotosessiyaga aylandi.

Foto: Facebook / Surprised by Five

Foto: Facebook / Surprised by Five

Foto: Facebook / Surprised by Five

Foto: Facebook / Surprised by Five

Eslatib o‘tamiz, Kim va Von Tuchchi 2016-yil yanvarida ikki daqiqa ichida besh nafar egizak farzand — to‘rt qiz va bir o‘g‘illi bo‘lgan edi. Kim Tuchchining avvaldan uch bolasi — ikki qizi va bir o‘g‘li bor edi. Ta’kidlanishicha, u turmush o‘rtog‘i bilan oilasi yana bir o‘g‘il farzand bilan kengayishini orzu qilgan. Shifokorlar esa unga egizak farzandlar kutayotganini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi