Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiyaning Kyusyu orolida yaqinda yuz bergan zilzila oqibatida mamlakat madaniy merosining 350 dan ortiq obyektiga zarar yetdi. Bu haqda, “Kiodo” agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Ma’lum qilinishicha, zarar yetgan yodgorliklardan biri Kumamoto shahrining XVII asr boshlaridagi saroyidir. Qasr binosining tosh taxlamlari va cherepitsasi qisman to‘kilib ketgan. Shuningdek, Oita, Fukuoka, Saga, Nagasaki va Miyadzaki prefekturalaridagi tarixiy va madaniy yodgorliklarga ham zarar yetgan.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, shikast yetgan madaniy obyektlarning jami soni 361 tani tashkil etadi.

Yaponiya hukumati mahalliy ma’muriyatning qayta tiklash ishlariga sarf-xarajatlarining 85 foizi, taxminan 4,5 milliard dollar yordam puli ajratishni rejalashtirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova