Janubiy, Sharqiy va Markaziy Xitoyda jala yog‘ishi oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana uch kishining bedarak yo‘qolganligi qayd etilmoqda. Bu haqda, “Sinxua” agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Agentlikning qayd etishicha, noqulay ob-havo tufayli hududning millionlab aholisi jabr ko‘rgan.
Xitoy meteorologiya xizmatining ma’lum qilishicha, jala bir necha kundan buyon Chunsin okrugi, Futszyan, Xubey, Xunan, Szyansi provinsiyalari va Guansi-Chjuan muxtor tumanida yog‘moqda. Suv toshqini, ko‘chkilar kuzatilmoqda, ko‘pchilik hududlarda energiya ta’minoti uzilib qolgan. Xunanda halok bo‘lganlardan birini chaqmoq urgan. 6,5 ming kishi evakuatsiya qilingan.
Szyansida 14 mingga yaqin odam xavfsiz joylarga ko‘chirilgan, 500 dan ortiq uy vayron bo‘lgan. Iqtisodiy zarar 740 million yuanni (114 million AQSh dollari) tashkil etgan. Guansi-Chjuan muxtor tumanida mingga yaqin aholi turar-joyiga zarar yetgan.
Izoh (0)