Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida yangi barpo etilgan Xotira va qadrlash maydonining ochilish marosimi bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zA.
O‘zbekiston prezidentining 2015-yil 22-maydagi “2015—2017-yillarda Surxondaryo viloyatining yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida bunyod etilgan maydonning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar, urush va mehnat faxriylari, yoshlar ishtirok etdi.
Xotira va qadrlash maydonini barpo etish uchun 6 milliard 200 million so‘m mablag‘ sarflandi. Ikki gektar joyni egallagan zamonaviy maydonda Motamsaro ona haykali qad rostladi. Turli manzarali daraxt va anvoyi gullar bilan burkangan maydonda zamonaviy arxitektura va me’morlik an’analarini mujassam etgan keng ayvon barpo etilib, alyuminiydan tayyorlangan maxsus kitoblar o‘rnatildi. Ushbu kitoblarga Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan surxondaryoliklarning ism-familiyasi zarhal harflar bilan bitilgan.
Izoh (0)