Futbol bo‘yicha Oliy Liga 9-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvini Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent derbisi maqomini olgan mazkur uchrashuv 12-may, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Quyida ushbu o‘yinga belgilangan hakamlar guruhi va nazoratchisi bilan tanishing.
Oliy Liga, 9-tur
“Lokomotiv” (Toshkent) – “Paxtakor” (Toshkent)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Izoh (0)