Xitoylik qutqaruvchilar Taynin uyezdidagi GES qurilish maydonida yer ko‘chishi oqibatida tiriklay ko‘milib qolgan 35 nafar ishchining jasadini vayronalar ostidan chiqarib oldi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Yana bir nafar quruvchining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
Qidiruv ishlari uch kundan buyon davom etmoqda. Unda Xitoy Xalq ozodlik armiyasining harbiy xizmatchilari ishtirok etmoqda.
Yer ko‘chishi 8-may, yakshanba kuni tongda yuz bergan edi. Avvalroq vayronalar ostidan 13 nafar ishchining jasadi topilganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)