Indoneziya futbol assotsiatsiyasi mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyoni taklif qilmoqchi. Muqobil variant sifatida “Chelsi” ustozi Gus Xiddink nomzodi ko‘rib chiqiladi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Mourinyoni Indoneziya termasiga taklif qilish rejasi, uni amalga oshirish qiyin bo‘lishiga qaramay, Indoneziya futbol assotsiatsiya prezidenti Joko Vidodo hamda mamlakat olimpiya qo‘mitasi rahbari Erik Toxir bilan muhokama qilindi. Terma jamoamizda xorijdan mutaxassis bo‘lishi va unga mahalliy murabbiylar yordam berishi kerak. Futbolchilarga jangovar ruhni qaytarish juda muhim. Futbolga yaqindan aloqador bo‘lgan Erik Toxirdan (Italiyaning “Inter” klubi prezidenti – “Daryo” izohi) Mourinyo qancha maosh so‘rashi mumkinligini haqida qiziqib ko‘rdim. U yiliga taxminan 16,5 million yevro ekanini aytdi. Muqobil variant – Gus Xiddink”, – deb Indoneziya Yoshlar va sport ishlari vaziri Imam Naxravi so‘zlaridan iqtibos keltiradi FourFourTwo nashri.
Avvalroq Suriya futbol federatsiyasi tomonidan Joze Mourinyoga Suriya termasini boshqarish taklifi kelib tushgan edi. Portugaliyalik mutaxassis esa ushbu taklifni rad etgan.
Izoh (0)