Ispaniya professional futbol ligasi (LFP) prezidenti Xavyer Tabasning qayd etishicha, tashkilot “Real”ning “Barselona”ga qarshi o‘yin uchun“Granada” jamoasini rag‘batlantirishi mumkin bo‘lgan holatini kuzatib bormoqda, deb xabar beradi “Chempionat”.
39 ochko bilan 16-o‘rinda borayotgan “Granada” La Ligada qolish masalasini hal qildi. Jamoa so‘nggi turda “Barselona”ga qarshi bahs olib boradi. Agar kataloniyalikar ushbu o‘yinda ochko yo‘qotsa va “Real” so‘nggi turda “Deportivo”dan ustun kelsa, madridliklar Ispaniya chempioniga aylanadi.
“Men mish-mishlarga e’tibor bermayman. ‘Real’ har qanday shakldagi rag‘batlantirishni taqiq qiluvchi qonunga bo‘ysunadi. Biz ushbu jarayonni nazorat qilyapmiz, chunki har doim futbol shaffofligini kuzatib boramiz. Har bir uchrashuvni kuzatamiz. Odatga ko‘ra, chempionatning so‘nggi ikki turida nazoratni kuchaytiramiz”, – dedi Tebas.
Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionati so‘nggi turidan oldin “Barselona” 88 ochko bilan birinchi, “Real” 87 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. 37-turda “Levante”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan “Atletiko” chempionlik kurashidan chiqib ketdi.
Izoh (0)