Noma’lum qurolli shaxslar Sudan g‘arbidagi Darfur mintaqasida joylashgan Sortoni qochqinlar lageriga hujum uyushtirdi. Ular tomonidan o‘ldirilgan olti kishi ichida ikki bola ham bor. Bu haqda, BMTning Sudandagi gumanitar operatsiyalari koordinatori Marta Ruedas tomonidan 10-may, seshanba kuni tarqatilgan kommyunikega asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hujumni mahalliy etnik guruhlarning radikal vakillari amalga oshirgani aytilmoqda.
Shuningdek, hujum paytida BMT va Afrika ittifoqining Darfurdagi tinchlikparvar kuchlari kontingenti harbiy xizmatchisi bo‘lgan lager himoyachilaridan biri yaralangani bildirildi.
Darfurdagi ixtilof 2003-yilda mahalliy qora tanli aholi hamda Xartum tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan arablashgan guruhlar o‘rtasidagi nizo tufayli vujudga keldi. Ixtilof qurbonlari soni 300 ming kishini tashkil etadi. 2006-yilda sulh imzolandi. Shundan buyon bu yerda xalqaro tinchlikparvar missiya faoliyat yuritadi.
Izoh (0)