“PSJ” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich 2015/16-yilgi mavsumda Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
34 yoshli shvetsiyalik futbolchi mazkur nomga da’vogar Anxel Di Mariya (“PSJ”), Xatem Ben-Arfa (“Nitssa”) hamda Lassana Diarrani (“Marsel”) ortda qoldirdi.
Joriy mavsumda Ibragimovich Fransiya chempionatining 29 o‘yinida maydonga tushib, 35 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
“Chempionat”ning ma’lum qilishicha, “PSJ” ustozi Loran Blan 2015/16-yilgi mavsumda Fransiya chempionatining eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi. “Marsel” klubining 31 yoshli posboni Stiv Mandanda Fransiyada mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, “PSJ” jamoasi chempionat yakunlanishiga 8 tur qolganida Fransiya chempioniga aylangan edi.
Izoh (0)