8-may, yakshanbaga o‘tar kechasi Ruanda shimolida jala keltirib chiqargan ko‘chkilar oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Hozirgi paytga kelib Gakenke hududida uylarni bosib qolgan ko‘chkilar tufayli kamida 20 kishi o‘lgani ma’lum. Afsuski, qurbonlarning aksariyati bolalar”, — deb ta’kidladi mamlakat FVV vakili.
Izoh (0)