Rossiya prezidenti Vladimir Putin qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyev 9-may — G‘alaba kunini Moskvada nishonlashga qaror qilganini ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar va o‘zaro ishonch yuksak bosqichda ekanligining belgisi deb hisoblaydi. Bu haqda u ikki prezident uchrashuvida bayonot berdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Sizning bu ishorangiz o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi va do‘stona munosabatlar rivoji uchun yaxshi shart-sharoitlar yaratadi”, — deb murojaat qildi Nazarboyevga Putin.
O‘z navbatida, Nazarboyev ikki tomonlama munosabatlar rivojidan mamnunligini bildirdi. U oy oxirida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining oliy kengashi yig‘ilishini, o‘shanda to‘planib qolgan masalalar muhokamasi uchun sharoit tug‘ilishini eslatib o‘tdi.
Izoh (0)