Joriy yilning 30-aprelidan 7-mayiga qadar Portugaliyaning Funshal shahrida paralimpiyachilar o‘rtasida suzish bo‘yicha Yevropa Ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deb “Daryo”ga xabar berdi O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Mazkur musobaqada 50 davlatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.
O‘zbekiston vakillaridan Kirill Pankov, Muslima Odilova va Shoxsanam Toshpo‘latova erkaklar va ayollar o‘rtasida suzishning batterflay, erkin, komleks va chalqancha turlarida 50, 100, 200, 400 metr masofalarida kuch sinashib, 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarni qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joiz, musobaqa davomida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta jahon va 6 ta Osiyo rekordlarini yangiladi.
Izoh (0)