Lozannadagi (Shveysariya) sport arbitraj sudi (CAS) UEFA prezidenti Mishel Platinining futbolga oid har qanday ishlardan chetlatilishini to‘rt yilgacha qisqartirishga qaror qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Shu tariqa, fransiyalik mutasaddining har qanday futbol faoliyatidan chetlatilishi yana ikki yilga kamaydi. Avvalroq FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter UEFA rahbariga 2 million shveysar frankini noqonuniy ravishda o‘tkazib bergani uchun har ikkisi 8 yilga har qanday futbol faoliyatidan chetlashtirilgandi. Keyinchalik ushbu chetlashtirish ikki yilga qisqartirilgan edi.
Qayd etish kerakki, CAS Platinining jarima to‘lovini 80 mingdan 60 ming yevroga kamaytirdi.
Izoh (0)