“Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Valensiya”ga qarshi (3:2) Ispaniya chempionati 37-turida ikkita gol muallifi bo‘lib, “Santyago Bernabeu” stadionida kiritilgan gollar sonini 201 taga yetkazdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
31 yoshli futbolchiga “Santyago Bernabeu”da o‘tkazilgan barcha turnirlarda 201 ta gol kiritish uchun 172 o‘yin kifoya qildi.
“Qirollik klubi”ning uy maydonida Ronaldu 2009-yilning 29-avgustida ilk bor gol muallifi bo‘lgan edi.
Izoh (0)