Janubiy Koreya rasmiylari KXDR yetakchisi Kim Chen In tomonidan Mehnat partiyasi yettinchi syezdida bildirilgan ikki mamlakat harbiylari o‘rtasida muloqotni tiklash taklifini “nosamimiy” deb baholadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Shimolning taklifi safsatadan bo‘lak narsa emas. Unda samimiylik yo‘q, chunki ikki Koreya o‘rtasida muloqotga chaqiriq yadro quroli ustidagi ishlar bilan birgalikda olib boriladi”, — deyiladi Janubiy Koreyaning birlashish masalalari bo‘yicha vazirligi bayonotida.
Shuningdek, Seul Shimol va Janub o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun Pxenyanni yadro qurolidan voz kechishga da’vat etdi.
Izoh (0)