9 may — “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “E-yoshlar.uz” loyihasining tashabbuskor talaba yoshlari tomonidan o‘tkazilayotgan maxsus internet aksiyasi davom etmoqda. Aksiya tafsilotlari Facebook’dagi “Vmeste mi sila!” guruhida keltiriladi.
Yoshlar tashshabbusiga san’atkorlar, kinoaktyorlar va sport yulduzlari qo‘shildi. Aksiya doirasidagi videoestafetada O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova hamda boshqa san’atkorlar ham ishtirok etib, urush faxriylari hamda keksalar holidan xabar oldi. Shundan so‘ng ular estafetaning davomini o‘z hamkasblariga topshirdi.
Izoh (0)