9-may, dushanba kuni Londonning ICE birjasida savdolar ochilish chog‘ida Brent turidagi neftning bir barreli narxi 46 dollardan oshdi. Iyul oyi fyucherslari maksimum holatida 46,48 dollarni tashkil etdi, deya xabar beradi “RBK”.
Bloomberg kotirovkalarning oshishiga Kanadaning neft qazib olinadigan Alberta provinsiyasidagi yong‘inlar hamda Saudiya Arabistoni neft vazirining iste’foga chiqarilishi ta’sir etganini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)